08.05.2019 1200

2019 yil 7 may kuni “Sobirovs Law Firm” ish yurituvchisi R. Sobirov (Toronto, Kanada) tomonidan “Yuridik xizmat sohasida zamonaviy tendensiyalar va kelajak yuridik firmasini yaratish” mavzusida maʼruza oʻtildi.

Maʼruza zamonaviy huquqshunoslar duch keladigan chaqiruvlar va omillar, Kanada misolida dunyo boʻylab yuridik firmalarning zamonaviy imidjini kompyuter texnologiyalari asosida shakllantirishga bagʻishlandi.

Maʼruzachi quyidagi misollar asosida “Yuridik firma 3.0”ga oʻtishning taxminiy natijalarini keltirib oʻtdi:

  • Bulutli hisoblash;
  • Sunʼiy intellekt;
  • Dasturiy taʼminot xizmat sifatida.

Maʼruzachi tomonidan Flightright, AirHelp, Alexsei kabi Yevropa, Kanada va boshqa davlvtlarda mavjud boʻlgan yuridik ilovalarning misollari taqdim etildi. Zamonaviy yuridik texnologiyalarning  afzalliklarini inobatga olgan holda,  ilova  onlayn-rejalash - Calendly.com, mijozlar kommunikatsiyasi – messendjerlar, elektron imzo - HelloSign  va boshqalar kabi yuridik faoliyatning kaytariladigan tuzilmasini oʻrnatadi.

Maʼruza yakunida boʻlgʻusi huquqshunoslar uchun tavsiyalar berildi, xususan:

  • Sotib oluvchilar bozori raqamli boʻlishi;
  • Yuridik xizmatlarni taqdim etish –  yuridik,  biznes va texnologik ekspertizalardan  iborat  fanlararo jarayondir.
  • Yuridik ekspertizaning texonolgiyalar va biznes jarayonlari bilan birlashishi.
  • Yuridik maktab statik holatda boʻla olmaydi, u doim texnologiyalardagi oʻzgarishlarga moslashishi kerak.