02.05.2019 3005

Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-kurs talabasi, JIDU Qizlar klubi yetakchisi Ibodova Sadoqat, Tashqi ishlar vazirligi va Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi tavsiyasiga binoan, Qozog`iston Respublikasida O`zbekiston Respublikasi yoshlari nomidan vakil bo`lish sharafiga muyassar bo`ldi. Bir necha nomzodlar orasidan aynan JIDU talabasi vakil etib tanlangani universitetimiz uchun katta yutuqdir. Shu munosabat bilan, talabaning ustoz-murabbiylari, professor E.S. Sultanovani va yoshlar bilan ishlash masalalari bo`yicha dekan muovini S.K.Tillaxodjaevani tabriklaymiz.