16.03.2019 2048

2019 yilning 14 mart kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Shayxontohur Mahalliy Kengashi tomonidan Shayxontohur tumanida joylashgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida Yoshlar masalalari boʻyicha Shayxontohur tuman idoralararo Kengashining 2018 yil 18 iyuldagi 01-B-31-sonli majlis bayoni ijrosini taʼminlash shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat” ulugʻvor gʻoya asosida yoshlarni tarbiyalash, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Buyuk ajdodlarimizga munosib voris boʻlaylik” shiori ostida “Buyuk ajdodlarimiz siymoysi aks ettirilgan eng yaxshi sahna asari” koʻrik-tanlovining yakuniy final bosqichi boʻlib oʻtdi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi boshlangʻich tashkiloti jamoasi koʻrik-tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar va faxrli 3 oʻrinni egalladilar.