23.01.2019 4712

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev huzuridagi 2018 yil 24 oktabr kuni oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 917-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, 19 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti hamda Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 191-umumta’lim maktabi hamkorligida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir “Hozirgi zamon globallashuvi va insoniyat kelajagi muammolari” mavzusiga bag‘ishlanib, u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti XM fakulteti dekan muovini S.Tillaho‘jayeva, “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.Mannanova hamda 3-2a-18 guruh talabalari tomonidan tashkil etildi. Tadbirda talabalar mavzuga oid taqdimotlar qilishdi. Mavzu bo‘yicha bo‘lib o‘tgan savol-javoblar  tadbirning yanada qiziqarli o‘tishiga sabab bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida savol-javoblarda faol qatnashgan maktab o‘quvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.