20.11.2018 3072

"Zakovat" boʻyicha “Talabalar kubogi-2018” turnirining respublika bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Oʻta qizgʻin kurashlarga boy oʻtgan turnirda quyidagi OTMlar jamoasi kuchli uchlikni band qilishdi:

  • 1-oʻrin: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
  • 2-oʻrin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  • 3-oʻrin: Toshkent tibbiyot akademiyasi

Barcha gʻoliblarni chin qalbdan tabriklaymiz.

Shu bilan ilk marotaba tashkil etilgan va 80ta oliy taʼlim muassasasi qatnashgan “Talabalar kubogi” turniri oʻz nihoyasiga yetdi.

Umid qilamizki, bu oxirgisi emas, hali yana bu kabi tadbirlar koʻp marotaba tashkil etiladi.