30.05.2018 5805

26 may kuni universitetda tashkil qilingan “UWED Footbal League” futbol turnirining taqdirlash marosimi o‘tkazildi. O‘yinlar fevral oyidan may oyigacha bo‘lib o‘tdi va jami 17-ta universitet va akademik litsey jamoalari ishtirok etdi.

Ushbu taqdirlash marosimiga mehmon sifatida O‘zbekiston futbol terma jamoasi o‘yinchilari, 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionlari, Jasur Yaxshiboyev i Shoxrux Rashidov, talabalar tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berdilar va turnir sovrindorlarini sovg‘a va medallar bilan taqdirladilar. Musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan “Ekonomist” jamoasi esa kubok va medallar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, taqdirlash marosimi mehmonlari ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.