23.05.2018 7606

JIDU talabalari turli fanlar bo'yicha o'tkazilgan Respublika olimpiadalari natijalariga ko'ra ko'plab sovrinli o'rinlar egalariga aylandilar.

Sovrinli o'rinlar uchun kechgan mashaqqatli bahsda quyidagi talabalarimiz g'olib bo'ldilar:

Gulasal Saidmavlonova – XM fakulteti 2-kurs talabasi, nemis tili bo'yicha Respublika olimpiadasida 1-o'rinni egalladi.

Islom O'rolov – XIM fakulteti 2 -kurs talabasi, Iqtisodiyot nazariyasi fani bo'yicha Respublika olimpiadasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Muhiddin Isroilov – XIM fakulteti talabasi, "Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot" bo'yicha Respublika olimpiadasida 2-o'rin egasiga aylandi. 

Sherzod Xayitboyev – "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" bo'yicha Respublika olimpiadasida 2-o'rindan joy oldi.

Xo'jaqulov Akbar – XIM fakulteti 4-kurs talabasi, "O'zbekiston iqtisodiyoti" fanidan Respublika olimpiadasida 2-o'rinni egalladi.

XM fakulteti 4-kurs talabasi Mirxalilova Gavhar fransuz tili bo'yicha Respublika olimpiadasida g'olib bo'lib, 1-o'rinni band etdi!

Nigmatulloyev Jamsher – XM fakulteti 2-kurs talabasi, ingliz tili bo'yicha Respublika olimpiadasida 1-o'rin sohibi bo'ldi.

Otaxonov Bekzod Daniyorovich – XH fakulteti talabasi “Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” fani bo'yicha Respublika fan olimpiadasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Talabalarning olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rishida katta ko'mak bergan ustoz-murabbiylar tarkibiga tashakkur bildiramiz!

Olimpiadalar g'oliblarini tabriklaymiz! Sizga yangi zafarlar va yanada ulkan cho'qqilarni zabt etishingizni tilaymiz! JIDU sizdek shogirdlar bilan faxrlanadi!