30.04.2018 7014

Konferens-tarjimonlarni tayyorlash markazi o‘zining 10 yillik yubileyini nishonlamoqda.

2018-yilning 27-aprelida JIDU KTTM (Konferens-tarjimonlarni tayyorlash markazi)ning 10-yillik yubileyi o‘zgacha tantanali shukuhda nishonlandi. Tadbir KTTM talabalarining xor jamoasi tomonidan lotin tilidagi sharafli xalqaro talabalar madhiyasi bo‘lmish Gaudeamusni  kuylash bilan boshlandi. Tadbir o‘tkazilgan zal maydoni tarjimonlar hayotining qiziqarli vaziyatlarini o‘zida aks ettirgan rasmlar va chizmalar bilan bezatilgan edi. Tadbirda Toshkentning ko‘plab oliy dargohlari vakillari: JIDU KTTM bilan doimiy kasbiy munosabatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar va talabalar, markaz bitiruvchilari va KTTMning boshqa ko‘plab do‘stlari qatnashishdi.

JIDU KTTMning direktori professor B. Samadov o‘zining kirish so‘zida markazning o‘tgan 10-yil ichida erishgan yutuqlari to‘g‘risida so‘zladi. Bugungi kunda, KTTM talabalari va bitiruvchilari ketma-ket hamda sinxron tarjima bilan shug‘ullanishadi va ularning faoliyati xalqaro maydonda mamlakatimiz haqida ijobiy  tassavurni shakllantirishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda omma e’tiboriga havola etilgan KTTM to‘g‘risidagi video lavhada  markaz talabalarining sinxron tarjima kabinetidagi tarjima jarayoni va ketma-ket tarjima amalga oshiriliyotgan qiziqarli hamda esda qolarli vaziyatlar aks etgan edi. Taniqli JIDU bitiruvchisi Aziza Umarova o‘zining nutqida mamlakatimiz uchun yaxshi tarjimonlarni tayyorlashning qanchalik muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Tadbir mehmoni KTTM talabalari bilan o‘zining tarjimonlik faoliyatidagi tajribasi va amaliy maslahatlari bilan bo‘lishdi. JIDU Yoshlar ittifoqi raisi Shohruh Haqqulov tadbirda o‘zining eng yaxshi tilaklarini bildirib, JIDU KTTMga Minnatdorchilik Sertifikatini topshirdi. JIDU KTTM bitiruvchilaridan biri Aziza G‘aniyeva-Qurbonova qadrdon oliygohiga KTTMda olgan bilimlari uchun o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildirdi, ushbu bilimlar uning tabiri bilan aytganda “kasbiy faoliyatida amaliy yordam bermoqda”.

Tadbir dasturi KTTM talabalari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, she’rlar mutoalasi, shuningdek kulguli sahna ko‘rinishlari, parodiyalar va raqslarga to‘la bo‘ldi. An’anaga muvofiq, tadbirga barcha bayram ishtirokchilari tomonidan kuylangan JIDU KTTM madhiyasi “Bobil Minorasi” yakun yasadi.