19.04.2018 6762

«Xalqaro huquq» fakulteti 1-kurs talabalari uchun O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasida qonunchilik va vakillik palatasining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o`rni va roli, uning faoliyati, vakolatlari doirasi bilan tanishish maqsadida bir akademik soat davomida «Rivojlangan mamlakatlardagi markaziy davlat hokimiyati organlari» mavzusida sayyor ma`ruza tashkil qilindi.

Sayyor ma’ruzaning ikkinchi qismi O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining binosining qurilish tarixi, bino loyihasining rivojlanishi, konstruksiyalari va deputatlaring majlislar zali bo`ylab ekskursiyaga bag`ishlandi. O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Apparatining vazifalari, vakolatlari doirasi va har bir qo`mita, fraksiya, deputatlik guruhlari va O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Kengashining faoliyati atroflicha tasvirlab berildi.