2017-09-12    18:24    716

2017-yil 4-16 sentabr kunlari universitetda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari o‘tkaziladi. 4 sentyabr kuni talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan mustaqillik darsi tashkil etildi. Hafta davomida talabalarning Talabalar turar joyi, Axborot-resurs markazi, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiyot bo‘limi bilan tanishtirish ishlari olib borildi. Talabalar universitetning faxriy olimlari va akademiklari, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Bundan tashqari talabalar ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va o‘quv uslubiy bo‘limlar faoliyati bilan atroflicha tanishib o‘tdilar.Tadbirlar davomida birinchi kurs talabalariga ustoz-murabbiylar biriktirildi, yangi o‘quv yili bo‘yicha ishchi rejalar muhokama etildi.