07.11.2019 348

Joriy yilning 2-noyabr kuni universitet Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan “Jamiyatda maʼnaviyatning oʻrni va unda talaba qizlar qiyofasi” mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatiga Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Buvijonlar maktabi” raisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi M.Yunusxodjayeva va “Nuroniy” jamgʻarmasi qoshidagi “Olimalar” kengashi aʼzosi M.Teshaboyevalar taklif etildilar.

Suhbat davomida fahriylarimiz talaba qizlarga taʼlim-tarbiya meʼyorlari, kundalik hayotda rioya etishlari shart boʻlgan odob-axloq qoidalari xaqida tushunchalar berib, universitetda sogʻlom maʼnaviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish hamda rivojlantirish, JIDUning jamiyatdagi hamda taʼlim tizimidagi maʼnaviy nufuzi va obroʻ-eʼtiborini asrab-avaylash, talaba qizlarning odob-axloq qoidalari bilan belgilanishini aloxida taʼkidlab oʻtdilar.

Suhbat jarayoni, hayotiy tajribalarga asoslangan xolda, talaba-yoshlar va oʻqituvchilar uchun qiziqarli yangiliklar hamda amaliy taassurotlarga boy muhitda oʻtdi.