05.11.2019 421

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 419-sonli xatiga asosan, "Xalqaro munosabatlar" fakulteti 2-bosqich talabasi Aziza Isroilova "Markaziy Osiyoda yoshlar, tinchlik va xavfsizlik" mavzusidagi Markaziy Osiyo yoshlari almashinuvidagi  ishtirok etish uchun tavsiya qilindi. Ushbu tadbir 28-31 oktyabr kunlari Dushanbe shahrida (Tojikiston)  bo'lib o'tdi.

O'zbekiston delegatsiyasi tarkibiga jami 5 kishi kiritilgan bo'lib, ulardan Aziza Isroilova eng yosh ishtirokchi bo'ldi. U ushbu forum loyihasi doirasida ishlab chiqilgan "Yo'qolgan dunyo" mavzusidagi loyihasi bilan katta qiziqish bilan ishtirok etdi va forumning jarayonida o'z loyihasini muvaffaqiyatli himoya qildi.