Ҳурматли Устозлар!

Сизларни 1 октябрь – Ўзбекистон Республикасининг улуғ байрамларидан бири – Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан Ташқи ишлар вазирлиги жамоаси номидан самимий табриклаймиз.

Germaniya Bundestagi delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

2019 yil 17 sentyabr Germaniya Federativ Respublikasi delegatsiyasi Germaniya Bundestagi Ma'muriyatining etakchi kadrlar bo'limi boshlig'i Daniel Rosenthal xonim va Berlin Gumboldt universiteti professori Maykl Bogarddan iborat delegatsiya JIDUga tashrif buyurishdi.

Tabriklaymiz!

UWED bitiruvchisi Abdulla Azizov O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi raisining o'rinbosari etib tayinlandi.

Universitetimiz talabalarining tashabbuslari haqida maqola

"Pravda Vostoka" respublika gazetasida (13 sentyabr 2019 yil, № 185) JIDU “Ijtimoiy- siyosiy fanlar” kafedrasi professori Fotima Izatullaevna Mo'minovaning universitet yoshlar tashabbuslari va klublarining ijodiy faoliyati to'g'risidagi maqolasi chop etildi.

JIDU Ekoklubi "Jahon Toza Kuni" aksiyasida ishtirok etdi

21 sentyabr kuni JIDU Ekoklub jamoasi Toshkent viloyatidagi (Yangiobod tog'lari) tog'li hududlarni axlatdan tozalash uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan Umumjahon tozalash kuni deb nomlangan jamoat ekologik aksiyasida ishtirok etdi.