University of World Economy and Diplomacy  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 

University of World Economy and Diplomacy
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Fakultetlar

XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

  1. JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

  2. IQTISODIYOT NAZARIYASI
  3. XALQARO SAVDO VA INVESTITSIYALAR
  4. XIM INGLIZ TILI
  5. MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA INFORMATIKA

XALQARO MUNOSABATLAR

  1. IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR
  2. AMALIY DIPLOMATIYA
  3. XALQARO MUNOSABATLAR
  4. JISMONIY TAYYORGARLIK
  5. XM INGLIZ TILI

XALQARO HUQUQ

  1. XALQARO HUQUQ
  2. DAVLAT QURILISHI VA HUQUQ
  3. FUQAROLIK HUQUQI
  4. XH INGLIZ TILI
  5. INSON HUQUQLARI, TINCHLIK ....

TIL MARKAZI

  1. O`ZBEK TILI
  2. RUS TILI
  3. ROMAN - GERMAN TILLARI
  4. SHARQ TILLARI

 

Jahon iqtisodiyoti va diploiatiya universitetida “Usoz va shogird”

tizimi faoliyati va ustozlarga biriktirilgan talabalar RO‘YXATI

 

Har o‘quv yilida “Ustoz va shogird” tizimi faoliyati bo‘yicha ish rejalar ishlab chiqiladi. Rejada shogirdlarning Ilmiy ishlarga, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol ishtiroki o‘z aksini topishi kerak.

Ustoz o‘z shogirdlarida Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizga hurmat, insonparvarlik va mehnatsevarlik hissini yanada kuchaytirishga, jamiyatimizda yuz berayotgan chuqur sifat o‘zgarishlarini to‘g‘ri anglagan holda o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. Ustoz doimiy tarzda o‘z shogirdlarining fanlarni o‘zlashtirishi, mutaxassisligi bo‘yicha izlanishlari, dunyoqarashi va qiziqishlarini o‘rganadi, unga universitet ichki tartib-qoidalari va universitet bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni tanishtirib boradi va ularga amal qilishga ko‘maklashadi.

Ustoz o‘z shogirdlari bilan birgalikda davra suhbatlari, ekskursiyalar uyushtiradi va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun turli-tuman tadbirlar o‘tkazadi.

Ustoz universitet ichki tartib-qoidalarini buzgan, axloq va odob qoidalariga zid ish olib borayotgan, ustoz o‘gitlariga yetarli e’tibor bermayotgan shogirdlari uchun javobgar shaxs sifatida mas’ul bo‘ladi hamda ana shunday murakkab vaziyatlardan chiqish yo‘llarini izlaydi. Muammoli masalalarni yechish bilan bevosita shug‘ullanadi.

Universitet bo‘yicha 247 ta 4-kurs talabalari tahsil oladilar va ular to‘liq ustozlarga biriktirilgan.

Fakultetlar bo‘yicha talabalar quyidagicha taqsimlangan:

1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetida 91 nafar talaba 25 ta ustozga biriktirilgan.

2. Xalqaro huquq fakultetida 83 nafar talaba 15 ta ustozga biriktirilgan.

3. Xalqaro munosabatlar fakultetida 73 nafar talaba 18 ta ustozga biriktirilgan.

Jami bo‘lib, 247 nafar talaba 58 ta ustozga biriktirilgan.

© 2002-2006, University of World Economy and Diplomacy
100077, Mustaqillik shox ko`ch., 54, Toshkent, O'zbekistan
Tel: (+998712) 267-67-69
Faks: (+998972) 267-09-00
E-mail: rectorat@uwed.uz
Manzil