30.05.2018 22424

TASHKILOTCHILAR – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari instituti, “E-LINE PRESS” MCHJ.

O‘TKAZISH SANASI – 30 may, 2018 yil

O‘TKAZISH JOYI – Toshkent, Toshkent davlat yuridik universiteti

TADBIR MAQSADI – forum ishtirokchilarini ilmiy ta’lim resurslarning jahon manbalari va yuqori reytingli jurnallarda maqolalar chop etish imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali O‘zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlar sifati va mualliflarning nashr etish faolligini oshirish.

Tadbirga yetakchi jahon kompaniyalar (Clarivate Analytics, EBSCO Information Services, ProQuest, Wiley, Elsevier, Emerald, Oxford University Press, eIFL va b.)ning vakillari prezentatsiya va master klasslar o‘tkazish uchun taklif etiladi.

Forum doirasida “ELЕKTRON KUTUBXONA TARMOQLARIDA ILMIY TA’LIM MA’LUMOTLAR YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISH TЕXNOLOGIYALARI” 10-yillik tadbirning o‘tkazilishi rejalashtirilgan (foydalanuvchilar uchun seminar va master klasslar)

MAQSADLI GURUH – vazirliklar va boshqarmalar, oliy ta’lim muassasalari, O‘zR FA ilmiy markazlari rahbarlari, axborot-resurs muassasalarining yetakchi mutaxassislari va direktorlari, o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar, nashriyotlar direktorlari va bosh muharrirlari.

MUHOKAMA UCHUN MAVZULAR:

  • Innovatsion faoliyat uchun elektron ilmiy resurslar;
  • Yetakchi jahon nashriyotlardagi elektron ilmiy ta’lim resurslarning dolzarb manbalari bilan tanishtirish, shuningdek O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassalarida ulardan foydalanish;
  • Ilmiy nashrlar va doktorlik dissertatsiyalar sifati va samaradorligini oshirish;
  • Yetakchi jaxon nashriyotlar va agregatorlarning resurslaridan foydalanish uchun 2018-2019 yilda Milliy obunani tashkil etish;
  • Naukometriya. Ilmiy tahliliy vositalar va ularning O‘zbekistonda rivojlanishi.

FORUM SAMARADORLIGI

Vazirliklar, boshqarmalar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarning rahbarlari innovatsion va ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek O‘zbekiston normativ xujjatlarining talablari va xalqaro standartlar asosida OTM va ilmiy markazlarning reytingini oshirish haqida bilib oladilar.

O‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar yetakchi jahon nashriyotlari va agregatorlarning elektron ilmiy ta’lim resurslaridan foydalanish va yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etish haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Axborot kutubxona muassasalarining (AKM) xodimlari ilmiy ta’lim resurslarning xilma xilligi va ularni boshqarish, ilmiy tahliliy vositalar va ulardan foydalanishda AKM roli, foydalanuvchilarni o‘qitish va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, shuningdek axborot-kutubxona xizmatining yangi usul va vositalari haqida bilib oladilar.