12.10.2019 760

Seminar nomi: Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish hamda tizimli tahlil.

Tashkilotchilar: “Tizimli tahlil va menejment” hamda “Matematik modellashtirish va axborot texnologiyalari” kafedralari.

Maqsad: Izlanuvchilarning yirik ilmiy loyihalari va tadqiqotlarini amalga oshirish uchun hamda tajriba almashish uchun platforma tashkil etish; ilm-fan va ta’lim salohiyatini rivojlantirishga zamin yaratish; turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib borish va ilmiy muammolarga yechimlar berish, yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun ilmiy maydoncha tashkil etish.

Ilmiy uslubiy seminarning faoliyat yo‘nalishlari:

  • “Xalqaro iqtisodiyot va menejment”, “Xalqaro munosabatlar” va “Xalqaro huquq”dagi muammolarni yechishda tizimli tahlil apparatini qo‘llanilishi;
  • Iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarni ekonometrik tahlili;
  • Xalqaro iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish;
  • Iqtisodiyotda stoxastik modellar;
  • Boshqaruv qarorlarini qabul qilish metodlari va nazariyalari;
  • Qimmatli qog‘ozlar bozorini matematik modellashtirish va uni amaliyotda qo‘llanilishi;
  • Masofaviy ta’lim berish tizimini ishlab chiqish va moodle tizimida dars berish metodikasini rivojlantirish.

Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy faoliyat nafaqat klassik yondashuv asosida, balki hozirgi rivojlangan zamonda qo‘llanilayotgan ilg‘or dasturiy yechimlar orqali tadqiq qilinadi. Ya’ni Python, R, PHP, SQL, Maple, Matlab, Latex, QM, C++ lar orqali tadqiqotlar olib borish rejalashtirilgan.

Ushbu ilmiy uslubiy seminarga barcha universitetlardagi professor olimlar, ilmiy izlanuvchilar, o‘qituvchi pedagoglar; shuningdek magistratura talabalari va bakalavr yuqori bosqich talabalarini taklif qilamiz.