
Yaponiya mintaqaviy iqtisodiy diplomatiyasi APEC davlatlari doirasida
Yaponiya hech kimga sir emaski, bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida turadi. Bu eng avval davlatning mintaqada va butun dunyoda tutgan o’rni hamda iqtisodiy salohiyati bilan belgilanadi albatta. Yaponiya dunyoda YaIM hajmi bo’yicha AQSh va Xitoydan keying 3-o’rinda turadi[1]. Garchi so’nggi paytlardagi jiddiy kuchli tabiiy talafotlarga uchrashiga qaramasdan, Yaponiya o’zining yirik iqtisodiy ko’rsatkichlarini saqlab qolishga urinmoqda.
Osiyo - Tinch okeani mintaqasi Yaponiya uchun eng muhim iqtisodiy manfaatlar to’qnashgan hudud sanaladi. Buni birgina misol orqali ko’rishimiz mumkin. Yaponiyaning mintaqa mamlakakatlari bilan iqtisodiy savdo aloqalari ko’lami mamlakat umumiy savdo ko’rsatkichlari hajmining 3/4 qismiga teng.[2]. Dunyoning turli mintaqalarida yashovchi yapon millatiga mansub aholi 840 000 kishini tashkil etsa, shulardan 570 mingga yaqini, ya’ni 64.8%i Osiyo – Tinch mintaqasida istiqomat qiladi.
Birgina 2001 yilning o’zidayoqYaponiyaning ushbu mintaqaga ajratgan umumiy hisobdagi tog’ridan to’g’ri investitsiyalar hajmi 41.34% gat eng.[3]
Yaponiya hukumati iqtisodiy ko’rsatkichlarni yanada rivojlantirish maqsadida ushbu mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni yanada rivojlantirish lozim deb hisoblaydi. Bu yo’lda ayiqsa so’nggi yilarda olib borilayotgan “Ochiq Yaponiya” siyosati mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda. Yaponiya uchun muhim strategik hudud sanalgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin iqtisodiy hudud yaratish hamda ushbu hududda va butun dunyoda Yaponiya mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash, shuningdek, mamlakat nufuzini mustahkamlash maqsadida faol tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantyasidairish muhim ahamiyat kasb etadi.[4]
Yaponiya mintaqaviy iqtisodiy diplomatisida 1989 yilda tuzilgan va asosiy maqsadi Osiyo- Tinch okeani mintaqasida ekin savdo-sotiqni rivojlantirish hamda amaliy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash bo’lgan va tarkibida 21 ta mamlakatni birlashtirgan “Osiyo – Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy hamkorlik tashkiloti”ning o’rni beqiyosdir. Yaponiya ham bevosita ushbu tashkilotning a’zosi sanaladi. Ushbu tashkilot a’zolarining umumiy hisobdagi daromadi birgina 1999 yilning o’zidayoq butun dunyo iqtisodiy savdo ko’rsatkichlarining 43.85 %ga , ya’ni yalpi ichki mahsulot hajmida esa 18 trln AQSH dollariga teng bo’lgan.[5]
Mintaqada Yaponiyaning yirik iqtisodiy hamkorlari AQSH - 22,8%, Xitoy - 14,3%, Janubiy Коreya - 7,8%, Tayvan - 6,8% va Gonkong - 5,6% (2006 yil ma’lumotlari) hisobigato’g’ri keladi[6]. Asosiy eksport mahsulotlari – transport uskunalari, avtomobil, elektronika, elektr jihozlari va kimyoviy moddalar. Import mahsulotlari – neft, suyultirilgan tabiiy gaz, to’qimachilik mahsulotlari, baliq va dengiz mahsulotlari.
2011 yil mart oyida yuz bergan dahshatli tabiat hodisalari Yaponiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan bo’lsa-da, mamlakat avvalgidek APEC davlatlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilib kelmoqda. Shunindek, Yaponiya quyosh energiyasini o’zlashtirish tezligi bo’yicha yirik bozorlardan biri sanaladi. 2020- yilga kelib bu tezlik 37 GVt, ya’ni 2005 yilgi darajadan 26 barobar ko’p degani[7].
Osiyo–Tinch mintaqasida Yaponiya o’z iqtisodiy mintaqaviy diplomatiyasini APEC, ASEAN, ASEAN+3, Sharqiy Osiyo mamlakatlari hamkorlik Sammitlari, ASEAN mintaqaviy Forumlari doirasida olib boradi.[8] Yaponiyaning APEC doirasidagi faoliyatiga nazar solsak, 2010 yil 13-14-noyabr kunlari Yaponiya boshchilik qilgan Yokohama sammiti natijalariga ko’ra, 1994 yildan 2009 yilgacha APEC davlatlari iqtisodiyoti 7,1 %ga, Chet el investitsiyalar hajmi 13 % ga oshgan[9]. Bu mintaqa davlatlarining o’zaro manfaatli savdo aloqalari olib borganligidan dalolat beradi. Shuningdek, Yaponiya 1997 yildan beri APEC doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni qo’llab quvvatlashga jami bo’lib 4,5 mlrd yen miqdorida mablag’ ajratgan.[10]
Ishonch bilan ayta olamizki, Yaponiya Osiyo – Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy faoliyatining faol sub’yekti sanaladi. Buni birgina APEC doirasida mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning hajmida ko’rib chiqdik. Yaponiya dunyoda eng rivojlangam davlatlar qatorida turishi hech kimga sir emas. Bu nafaqat ma’lum mintaqa misolida balki butun dunyoda Yaponiyaning egallagan o’rni va amalga oshirayotgan iqtisodiy diplomatiyasi orqali asoslash mumkin.
[1] Xitosi Tanaka “Osiyodagi yaponiya tashqi siyosati” Xalqaro iqtisodiyotga bag’ishlanga ilmiy seminar 14.06.2005 www.rieti.go.jp/en/
[2] Ministry of foreign affairs of Japan – Economic Affairs/ Asian Pacific Economic Cooperation – APEC and Japan “What is APEC for Japan” www.moga.go.jp/policy/economy/index/html
[3] O’sha yerda
[4] Sharko. M.B “Yaponiya iqtisodiy siyosati va dipllomatiyasining yangi usullari” Jurnal “Mir i politika” №06 (57), iyun 2011 www.mir-politika.ru
[5] The leaders of Asian Pacific Economic Cooperation (APEC) http://www.apec.org.au/docs/iss22.pdf
[6] The economy of Japan www.voanews.com
[8] http://www.mofa.go.jp/announce/fm/maehara/clsa2011_speech.html
[9] The 18th APEC ECONOMIC LEADERS’ MEETING Yokohama, Japan13-14 November 2010
“THE YOKOHAMA VISION – BOGOR AND BEYOND” http://www.mofa.go.jp
[10] Japan, a Major Player in APEC 1December 2008 http://www.mofa.go.jp