E’lon

E’lon

    E’lon

    0

    Hurmatli talabalar!

    Bugun ekologik muammolar haqida gap ketar ekan, chiqindi masalasi eng asosiy o‘rinlarga chiqadi. Chunki belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, chiqindini qayta ishlash va shu kabi masalalar bugun nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etib, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, aholining chiqindiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish uchun esa targ‘ibot ishlari, turli aksiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.

    30-mart “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kun” hamda 1-aprel “Xalqaro qushlar kuni” munosabati bilan “CHIQINDISIZ DUNYO UCHUN” mavzusida eko aksiya va “Qushlarni asraylik” nomli tanlov bo‘lib o‘tadi.

    Atrof-muhitni tozaligiga befarq bo‘lmagan talabalar ushbu aksiyada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!

    Yurtimiz obodligiga hissa qo‘shing!